Tadbirda fuqarolar A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqarolar A.K. va X.N.ga 2 000 dona qalbaki 50 000 soʻmlik kupyuralarni 57 mln. soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.