Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari — Matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan, hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan oʻrganilmoqda.
“Oʻrganish yakunlariga koʻra qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Asaka tumani hokimligi xabariga koʻra, prokuraturada mazkur holat yuzasidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, tumandagi 34-IDUMda oʻrganish oʻtkazilmoqda.
“Mazkur holatga qonuniy baho berilishini, taʼlim muassasasi maʼmuriyatining, taʼlim boshqaruvi organining ushbu holat yuzasidan faoliyatlariga huquqiy baho berishni, taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini izchil taʼminlash maqsadida ishchi guruhi faoliyati tuman prokurorining nazoratiga olingan. Oʻrganish ishlari haqida qoʻshimcha va batafsil maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.