Ashxobodda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya TIV rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 1 Noyabr 2023 1096

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Turkmaniston poytaxtida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin bilan uchrashdi.

    “Qadrli hamkasbim, Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin janoblari bilan Ashxobod shahrida uchrashishdan behad mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik va doʻstlikni barcha sohalarda yanada mustahkamlash, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” muloqoti doirasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashdik”.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya TIV rahbarlari shu yil 11-sentyabrda Seulda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi Strategik muloqotning birinchi davrasini oʻtkazdi. Oʻzbekiston TIV rahbari taʼkidlaganidek, muloqot chogʻida “iqtisodiy diplomatiyani sezilarli natijalar bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratildi”, deb xabar beradi “Dunyo” AA.