Ashxabod shahri 2020-yillardan oldin kuchli yomgʻirlar yogʻishi natijasida shahar atrofidan yigʻilgan sel oqimlaridan bir necha bor zarar koʻrgan edi.
Natijada, ular shaharga sel xavflarini kamaytirish uchun shahar atrofida bir necha sel irmoqlarini birlashtiruvchi sel omborini qurishdi.
2022-yil sel ombor gidrotexnik inshooti toʻliq bitdi. Kecha ana oʻsha sel ombor shahar uchun kuchli yomgʻirdan soʻng atrofda shakllangan sel suvlarini birinchi marta oʻzida “ushlab qolib”, shaharni sel oqiziqlaridan asradi.
Endi Ashxobod shahri bu suvni tindirib, filtrdan oʻtkazib, shahar ehtiyoji uchun ishlatadi.