Oʻzbekistonlik tadbirkor Krishtianu Ronalduga soat sovgʻa qildi

    Bilasizmi? 27 Yanvar 2023 9214

    “Jacob & Co” brendi asoschisi oʻzbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) hisoblanadi.

    Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qimmatbaho sovgʻa qabul qilib oldi. Unga quyidagi rasmda aks etgan ajoyib soatni “Jacob & Co” brendi topshirgan.

    “The Sun” nashrining xabar berishicha, soatning narxi 630 ming funt sterlingga teng. U yashil rangda boʻlib, Krishtianuning Saudiyaga koʻchib oʻtgani munosabati bilan shu rangda ishlab chiqarilgan.

    “Jacob & Co” brendi asoschisi oʻzbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) hisoblanadi.

    Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu bu brendning doimiy mijozi hisoblanadi.

    Yoqub Arabov 1965-yil 3-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan.

    Bolalik davrlaridayoq soat taʼmirlashga qiziqan Yoqub oʻsmirlik paytida soatsozga shogird boʻlib tushgan.

    1979-yil Yoqub oilasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi. Keyinchalik esa dunyoga mahshur zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi olmos hududi 47-koʻchasida taqinchoq ishlab chiqaruvchi tadbirkor qoʻlida ishlaydi.

    Oradan vaqt o'tib YOqub Manxettendagi kichik taqinchoq fabrikasini 8 ming dollarga sotib oladi. 3 yil davomida fabrika mijozlarga zargarlik buyumlari etkazib berish bilan shug'ullanadi.

    Oradan vaqt oʻtib Yoqub Manxettendagi kichik taqinchoq fabrikasini 8 ming dollarga sotib oladi. 3 yil davomida fabrika mijozlarga zargarlik buyumlari yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

    1986-yilda esa Yoqub shahsiy “Diamond Quasar” kompaniyasi va “Jacob & Co” brendiga asos soladi va Manxettendagi birinchi doʻkonini ochadi.

    1990-yilga kelib erkaklar uchun birinchi brilliant taqinchoqlarini ishlab chiqargan kompaniya boʻlishga erishadi.

    2007-yilda Arabov “Jacob & Co” SA brendining dunyoda takrori yoʻq “Quenttin” soatini taqdim etdi.

    2013-yilda taqdim etilgan Epic SF24 soatlari esa ikki vaqt zonasi hamda 24 shaharning vaqtini bir vaqtda koʻrsatib tura oladi.

    Yaqinda esa Yoqub dunyoni yana bir shov-shuvli yangilik bilan lol qoldirdi. U oʻz Instagram sahifasida dunyodagi eng baland turar joy binosini Dubayda qurayotganini eʼlon qildi.

    Hozirda Arabov dunyoga mahshur insonlar bilan hamkorlik qilmoqda, bunga isbot sifatida uning Instagramʻdagi sahifasini keltirish mumkin.