Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi rasmi

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunda fuqarolar davlat organlari va muassasalariga yozma, ogʻzaki yoxud elektron shakllarda murojaat qilishlari mumkinligi belgilangan.

Sayxunobod tumani “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Begimov elektr energiyasidan 3 411 217 soʻm miqdorda qarzdorligi mavjudligini bilib avval ajablandi, keyin hech ikkilanmay pm.gov.uz virtual qabulxonasiga Sayxunobod tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan asossiz hisoblangan qarzdorlikdan norozi boʻlib murojaat qildi.

Ushbu murojaat Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda N. Begimovning shikoyati asosli ekanligi, uning foydalanilgan elektr energiyasidan haqiqiy qarzi 3 411 217 soʻm emas, balki 390 605 soʻm ekanligi aniqlandi.

— Murojaatim ijobiy hal boʻlib, noreal qarzdorlik bartaraf etilganidan juda xursandman. Buning uchun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi N. Begimov.

Adliya boshqarmasining saʼy-harakatlari bilan yana bir fuqaroning muammosi ijobiy hal etildi, deb xabar beradi sxabar.uz