Astraxan oblastida 120 nafarga yaqin oʻzbekistonlik migrantlar toʻplangan

    Dolzarb 21 Oktabr 2020 1043

    Astraxan oblasti rahbari Aleksandr Sharыkin Rossiya va Qozogʻiston chegarasida Krasnoyarsk rayonining Karaozek oʻtish joyida migrantlarning toʻplanishi munosabati bilan hokimiyatning federal, oblast, munitsipial organlari va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

    Qozogʻiston koronavirus epidemiyasi tufayli oʻz hududiga avtomobil transportida kirishni taqiqlab qoʻygan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, hozir chegarada 130 ta avtomashinada taxminan 250 nafar Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangan. Baʼzi taxminlarga koʻra, mehnat migrantlari orasida atayin Qozogʻiston hududi orqali avtomobilda oʻtish mumkin degan notoʻgʻri xabar tarqatilgan. Aslida esa, chegarani faqatgina Moskva, Rostov Sankt-Peterburg shaharlaridan qatnaydigan maxsus aviareyslar, hamda Volgograd oblastining Voljsk stansiyasidan qatnaydigan temir yoʻl transporti orqali kesib oʻtish mumkin.

    Astraxan viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilayotgan mehnat migrantlariga ish beruvchilar vataniga temir yoʻl transporti orqali ketishga yordam beryapti.

    Rossiya tashqi ishlar vazirligining Astraxan oblastidagi vakili tashqi siyosat idorasining Oʻzbekiston elchixonasiga xabar yuborish rejasi haqida xabar bergan.

    Oʻz oʻrnida Rospotrebnadzorga, mahalliy hokimiyatga va ichki ishlar organlariga jamoat tartibining saqlanishini taʼminlash, hamda epidemiologik vaziyatning yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik vazifalari topshirilgan.

    Undan tashqari Astraxan oblastida mehnat migrantlarining noqonuniy turar joyi shakllantirilishiga urinishining oldini olish uchun barcha choralar koʻrilgan, deb xabar beradi Astraxan oblasti gubernatorining matbuot xizmati.