Sud hujjatlariga ko'ra, kompaniya jamoaviy da'voga duch kelmoqda. Unda aytilishicha, Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaktsina ba'zi bemorlarda nojo'ya ta'sirlarga ega bo'lgan yoki hatto o'limga olib kelgan.
“Vaksina juda kam hollarda trombotsitopeniya sindromli trombozga olib kelishi mumkin. Buning sabablari noma'lum”, deyiladi materialda.
Jurnalistlar ta'kidlaganidek, jabrlanuvchilar va ularning yaqinlari London Oliy sudiga 51 ta da'vo arizasi bilan murojaat qilishgan, deb xabar beradi lenta.ru.