Bu kometa birinchi boʻlib AQSHdagi Lemmon observatoriyasida 2025-yil 3-yanvarda ochilgan boʻlib, uning orbital davri taxminan 1 350-yilga teng. Yaʼni Quyosh atrofida shuncha vaqt davomida bir marta aylanib chiqadi.
Ushbu aylanish davomida perigeliy nuqtasidan (Quyoshga yaqin nuqta) 2025-yil 8-noyabr kuni oʻtadi. Bu vaqtda uning Quyoshdan uzoqligi taxminan 0,53 astronomik birlik (80 million km) masofada yetadi.
Yerga maksimal yaqinlashishi 2025‑yil 21‑oktyabrga toʻgʻri kelib uning yorqinligi taxminan 4-5 magnitudani tashkil qiladi.
Bu paytda Yerga 0.6 astronomik birlik (90 mln km) masofagacha yaqinlashadi. Kometa Quyosh botgandan soʻng gʻarb tomonda va gorizontga yaqinroq masofada Hoʻkizboqar (Volopas — Bootes) yulduz yulduz turkumi (Katta ayiq yulduz turkumining yonida) fonida koʻrinish beradi.
Oʻzbekiston hududida kuzatish mumkinmi?
Oʻzbekiston hududida bu kometani kuzatish mumkin. Bunday yorqinlikdagi kometani yurtimizdagi shaharlardan uzoqroq manzillarda va qorongʻu joylarda Quyosh botgandan soʻng oddiy koʻz bilan xiraroq yulduzsimon obyekt sifatida koʻrish mumkin.
Toshkent shahrida va boshqa shahar markazlarida esa yorugʻlik manbaalari koʻpligi sababli bu kometani kuzatish biroq qiyinroq. Maxsus binokl yoki kichikroq teleskoplar bilan yanada yaxshiroq koʻrish mumkin.