Olimlarning ta'kidlashicha, TESS teleskopi orqali uzatilgan ma'lumotlar Yerdagi teleskoplardan olingan arxiv kuzatuvlari bilan tasdiqlangan. Yangi ekzosayyora o'z yulduzi atrofida 4,2 kunlik davr bilan aylanadi. Sayyoraning bir tomoni doimo yulduzga qaragan, ehtimol, u issiq lava bilan qoplangan.
Sayyora Ernikiga o'xshash radiusga ega va Quyoshga o'xshash yulduz atrofida aylanadi. Yulduz taxminan Quyoshnikiga o'xshash o'lchamga ega, ammo unga qaraganda ancha yoshroq. Uning yoshi taxminan 400 million yilni tashkil etadi. Yulduz Quyoshdan taxminan 73 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan, deb xabar beradi mir24.tv.
Astronomlarning ta'kidlashicha, HD 63433d eng kichik yosh ekzosayyoradir.