Atakama cho'lida qor yog'di

    Dunyodagi eng qurg'oqchil Chilining Atakama cho'lida qor yog'di.

    Bu haqda ALMA observatoriyasi X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    “Ajoyib! Dunyodagi eng qurg'oqchil bo'lgan Atakama cho'li qor bilan qoplangan!” deyiladi xabarda.

    E'lon qilingan kadrlarda qor qoplami qumtepalarni qanday qoplagani ko'rsatilgan. Video muallifining qayd etishicha, Atakamada 10 yil ichida birinchi marta qor yoqqan, deb xabar beradi report.az.