“Atlantic Council” kengashi vakili Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

    Turizm 18 Yanvar 2021 1540

    AQSHning “Atlantic Council” kengashi katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrel Jermaine Starring Andijon viloyatining turizm va madaniyat sohasini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. 

    Terrel Starringning ikki kunlik sayohati Andijon shahrining Eski shahar hududidan boshlandi. U Jome meʼmoriy majmuasi, Devonaboy masjidi, “Eski shahar” dehqon bozori va Eski shahar hududidagi “Hunarmandchilik” etnografik zonasida boʻldi hamda tungi Andijon boʻylab sayr qildi.

    Ikkinchi kungi sayohat davomida Terrel Starring “Qalʼa” meʼmoriy yodgorligi, “Bogʻi Bobur” madaniyat va istirohat bogʻi hamda muzeyi, “Mingtepa” arxeologik yodgorligini koʻzdan kechirishi kutilmoqda. Terrel Starri sayohatining yakunlari va Andijon taassurotlari asosida maqolalar tayyorlaydi. Bu esa, oʻz oʻrnida, xorijlik sayyohlarning Andijon viloyatiga boʻlgan qiziqishini orttiradi.

    Maʼlumot uchun: Atlantika kengashi (ingl. Atlantic Council) — 1961-yilda Shimoliy Atlantika kengashi tashkiloti (North Atlantic Treaty Organization, NATO) huzurida asos solingan AQSH markazi. Atlantic Council xalqaro yetakchilarning siyosiy, biznes va intellektual forumi hisoblanadi.