Kopengagen universiteti tadqiqotchilari havoda trioksidlarning rivojlanayotganini qayd etishdi — bu juda xavfli oksidlovchi kimyoviy birikma. Bu haqida Science Daily jurnalida maqola chop etildi.

Vodorod peroksid kimyoviy birikma hisoblanadi. Barcha peroksidlar bir biriga bogʻlangan ikkita kislorod atomiga ega va tez rayektivlashib, yonuvchan va portlovchi xususiyatga ega. Ular koʻp jarayonlarda, tish va sochlarni oqartirish, yaralarni yuvish hatto raketa yoqilgʻisi sifatida ham foydalaniladi. Bu birikma havo tarkibida mavjud va u isbotlangan.

Olimlar havo tarkibida uchta kislorod atomlaridan iborat birikmalar boʻlsa kerak degan farazlarni doim oldinga surishardi. Ammo, bu xali ilmiy isbotlanmagan edi.

Bu birikma peroksidlarga qaraganda ancha reaktivroq. Qisqacha aytganda, bu birikma trioksid deb atalib, ularning havo tarkibida maʼlum miqdorda boʻlishi Kopengagen olimlari tomonidan tasdiqlandi. Bu modda faol oksidlanadi. Iqlim va inson salomatligiga taʼsir etadi. Yangi birikmada kuchli oksidlovchi moddalar borligi uchun hali oldinda turli ilmiy yangiliklardan boxabar boʻlamiz.