Atmosferadagi mikroplastiklarning asosiy manbai aniqlandi

    Atmosferadagi mikroplastiklarning asosiy manbai okeandir.

    Buni Nyu-Yorkdagi Kornel universiteti olimlari ma'lum qildi. Ammo zarrachalar tarqalishining aniq mexanizmi noma'lumligicha qolmoqda.

    Tadqiqot mualliflari mikroplastiklarning havoda joylashish tezligini aniqlash uchun kompyuter modelini ishlab chiqishdi. Har xil shakl va o'lchamdagi zarralar hisobga olindi (uzunligi 100 mkm va kengligi 2 mkmgacha). Tadqiqotchilar havo turbulentligining ta'sirini ham hisoblab chiqishdi.

    Natijalar shuni ko'rsatdiki, mikroplastiklar atmosfera shamollarida ta'sirida harakatlanadi va ancha katta maydonda to'planadi. Tabiiy va shahar sharoitida asosan juda nozik va uzun mikroplastik tolalar yig'iladi. Ular manbaga tezroq va yaqinroq joylashadi, shuningdek, juda bardoshlidir.

    Olimlar mikroplastiklarning bir qator asosiy manbalarini ko'rib chiqishdi. Masalan, yo'llar va shina zarralari, okean yuzasidan shamol ko'targan zarralar, qishloq xo'jaligida yuzaga keladigan changlar va shahar muhiti. Model mikroplastiklarning asosiy manbai okean ekanini ko'rsatdi.

    Tadqiqotchilar sayyoramizning hamon plastikdan xoli hududlar borligini ta'kidladlashdi. Ammo zarrachalarni hatto uzoq va borish qiyin bo'lgan hududlarda ham uchratish mumkin va plastik ta'sirida yuzaga kelgan havoning ifloslanishi oqibatlari o'nlab yillar davomida seziladi, deya xabar beradi mir24.tv.