Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024-yildagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi VMQ-709-sonli qarori qabul qilindi.
24.05.2024-yildagi PQ-188-sonli Prezident qaroriga muvofiq hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. U Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
- atom energiyasidan foydalanish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- atom energiyasidan foydalanish boʻyicha respublika va mahalliy ijro organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- atom energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq davlat va xususiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- atom energiyasidan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida ushbu sohadagi norma va qoidalarni ishlab chiqish hamda qabul qilishda ishtirok etish va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Agentlik huzuridagi Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, uning moliyalashtirish manbalari quyidagilar boʻladi:
- “Navoiyuran” Davlat korxonasining yillik foydasidan hisoblangan dividendlarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
- xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablagʻlari;
- jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
- Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat bilan shuningdek, Atom energetikasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning tarkibi ham tasdiqlandi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilindi va 2024-yil 29-oktyabrdan kuchga kirdi.neye: