баннер
13 Mar 2025
19:08

    Atrofdagilarni qoʻrqitish maqsadida ayol hokimlik binosi tomiga chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Xoʻjaobod tumanida bir ayol hokimiyat binosi tomiga chiqib, oʻzini tashlagani aytilmoqda…” sarlavhasi ostida tarqalgan video keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Xoʻjaobod tuman hokimligi axborot xizmati. voqea yuzasidan aniqroq maʼlumot berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 10-mart kuni soat 11:20 lar atrofida bir ayol tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosiga chiqqan.

    Tezkor surishtiruvlarga koʻra, videodagi ayol hech qanday oʻz joniga qasd qilish maqsadida tomga chiqmagan.

    Suhbatda oʻzi tuman hokimi bilan birinchi marotaba uchrashish uchun kelgan K. D. Xoʻjaobod tumani hokimi bilan shaxsan koʻrishish niyatida boʻlgan. Hokimlik masʼullari tomonidan «Tuman hokimi hududlardagi obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirish uchun chiqib ketgani, murojaatini qoldirishi mumkinligi aytilgan.

    Qoʻshimchasiga haftaning shanba kunlari tuman hokimi sayyor qabul oʻtkazishi, roʻyxatga olinib, aniq vaqti belgilangach, maʼlum qilinishi ham bildirilgan.

    Murojaatchi esa masʼullar meni aldashyapti, degan oʻyga kelgan va atrofdagilarni qoʻrqitish maqsadida binoning tom qismiga chiqqan. Aslo oʻz joniga qasd qilish niyati boʻlmaganini taʼkidladi.

    "Tuman hokimi haqiqatdan ham oʻsha vaqtda hududlarda olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish uchun joylarga chiqqan ekan, keliboq men bilan suhbatlashdi va muammolarimni tingladi, deya soʻzini davom ettirdi.
    Tuman hokimi K. D. bilan uchrashib, uni qiynab kelayotgan muammolarini tingladi. Uchrashuv davomida fuqaro rasmiy ishga joylandi. Murojaatlari joyida hal etildi, ayrim vaqt talab etiladiganlariga esa aniq muddatlar belgilab olindi," deyiladi rasmiy munosabatda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech