Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatdagi bog'larning birida attraktsionda uchayotgan fuqaro undan yiqilib tushgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqaradyo viloyat IIB axborot xizmati izoh berdi.

Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 8-may kuni soat taxminan 19:30 lar chamasida Nishon tumani “Nurchi” MFYda yashovchi fuqaro U.N. o'rtoqlari bilan Nuriston shaharchasidagi istirohat bog'iga borib, “Drakon” attraktsionida uchayotgan vaqtda ro'parasidagi o'rindiqqa o'tish uchun joyidan turib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushgan. Natijada U.N.ning o'ng qo'li sinib, Nishon tuman markaziy shifoxonasiga murojaat etgan. Jabrlanuvchi shifoxonada davo muolajalari olib, uyiga chiqib ketgan.    

Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.