Qonunga koʻra, Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Auditor sifatida malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.
Moliya vazirligi saytida auditorlik faoliyatiga oid maʼlumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtirilishi lozim.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishida Markaziy bank masʼul organ hisoblanadi.
Auditorlar jamoat birlashmalari ularning malaka imtihonlarini oʻtkazishda va test sinovlarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega.
Auditorlik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Auditor oʻzi ishlaydigan faqat bitta tashkilot muassisi boʻlishi mumkin.
Auditorlik sertifikati Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Sertifikat olish uchun talabgor oliy maʼlumotli va oxirgi 10 yildan 3 yil buxgalteriya va audit sohasida yoki OTMda ishlagan boʻlishi kerak.
Sertifikat uchun arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqiladi hamda malaka imtihoni topshirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Shuningdek, Qonun bilan auditorlik tashkilotining maqomi ham belgilandi.
Jumladan, auditorlik tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlar reyestrga kiritilganidan faoliyat yuritish huquqiga ega.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarni koʻrsatadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.