Auksion orqali sotib olingan avtotransport vositasini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

    Pullarni haydovchisi M.A. orqali olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgandi.

    Tadbirda Angren tez tibbiy yordam avtojamlanma boʻlimi boshligʻi A.A. viloyat SSB avtobazasiga tegishli boʻlgan, hozirda fuqaro F.Q. tomonidan auksion orqali sotib olingan “SAZ” 3507 rusumli yuk avtomobilini boshqa yuk avtomobilning transport vositasini qayd etish guvohnomasi orqali fuqaro O.T.ga 3500 AQSH dollarga sotishga kelishadi.

    Ushbu pullarni haydovchisi M.A. orqali olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.