Auksion savdolarida ishtirok etish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

    Mamlakatimizda 3 Fevral 2025 1297

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 891-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2022-yildagi 18-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritildi.

    2025-yil 1-fevraldan boshlab, boshlangʻich narxi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan davlat aktivlarini, yer uchastkalarini hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mulklarini sotish va ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari jarayonida, ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvaragʻida kamida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi zakalat miqdoridagi summaga ega boʻlishi talab etiladi.

    Bunda ushbu mablagʻlar zakalat sifatida hisobga olinishi qayd etildi.