Autocon reyd tadbirlari Qibray va Yangiyoʻlda davom etmoqda

    Yangiyoʻl shahrida oʻtkazilayotgan Autocon tadbirida bir nechta sud qarorlari bilan qarzdorliklari va jarimalari mavjud 3 ta avtotransport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga qoʻyildi.

    Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasining qidiruv boʻlimi tomonidan Qibray va Yangiyoʻl shahar hududlarida sudning qarori asosida qarzdor deb topilgan, davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan jismoniy va yuridik shaxslarni va ularga tegishli mol-mulklarni qidirib topish boʻyicha keng qamrovli tadbirlar viloyatning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.

    Viloyat YHXB bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan qoʻshma tadbirlar natijasida ijro ishlari boʻyicha qidiruvga berilgan shaxslar,qarzdorligi mavjud yuridik shaxslarga tegishli va maʼmuriy jarimasi bor avtotransport vositalari aniqlanib xatlanmoqda.

    Ayni damda, Yangiyoʻl shahrida oʻtkazilayotgan Autocon tadbirida bir nechta sud qarorlari bilan qarzdorliklari va jarimalari mavjud 3 ta avtotransport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga qoʻyildi.