"Isuzu" bilan to‘qnashgan "Damas" ayanchli ahvolga keldi, tan jarohati olganlar yo‘q

    Sirdaryoda Damas Isuzu yuk mashinasi bilan toʼqnashib ketdi. Bu haqda viloyat yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

    Xabarga koʼra, 2023-yilning 24-may kuni soat 02:20 larda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani, Dehqonobod mahallasi hududidan oʼtuvchi M-34 avtomobilь yoʼlining 21.6 kilometrida "Termiz–Toshkent" yoʼnalishi boʼylab harakatlanib ketayotgan Damas rusumli transport vositasi, shu yoʼnalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk transport vositasi bilan toʼqnashgan. Natijada yoʼl transport hodisasi sodir etgan.

    Ushbu yoʼl transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan yoʼq.

    "Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.