Bu haqda G'arbiy va Markaziy Afrikada, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda suv toshqini tufayli vabo vibrionining tarqalish xavfi ortib borayotganiga e'tibor qaratgan holda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lum qildi.
JSST ma'lumotlariga ko'ra, avgust oyida 17 mamlakat, hudud va mintaqalarda “49 986 vabo kasalligi” va 161 o'lim qayd etildi. Iyul oyi bilan solishtirganda, bu oyda infeksiya holatlari 16 foizga va o'lim holatlari 28 foizga kamaygan. Avgust oyida Afg'onistonda 24 977 kishi, Pokistonda 7 802, Yamanda 7 123 kishi ushbu kasallikka chalingan, “O'rta va G'arbiy Afrikada, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda so'nggi paytlarda ro'y bergan kuchli suv toshqinlari vaboning yuqish xavfini oshirdi”, deb ta'kidladi JSST.
1-yanvardan 25-avgustgacha 28 ta davlatda vabo bilan kasallanish bilan bog'liq 371 517 ta holat va ushbu kasallikdan 2 527 ta o'lim holati aniqlandi. Ayniqsa, Sharqiy O'rta yer dengizi mintaqasi va Afrikada yuqori kasallanish qayd etildi.
Vabo – vabo vibriosi qo'zg'atadigan o'ta xavfli yuqumli kasallik. Kasallik uni qo'zg'atuvchisi ifloslangan oziq-ovqat yoki suv orqali organizmga kirib qolgach, yuzaga keladi deb xabar beradi tass.ru.