Avgust oyida Oʻzbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy oʻsishni saqlab qoldi

    2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 1029 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 2,9 foiz, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 30,9 foiz oʻsgan.

    Bu boʻyicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, indeksning oʻsishi quyidagi komponentlar bilan bogʻliq:

    • Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank operatsiyalari soni — 7%ga kamaygan
    • Birjada xom ashyo sotib olish jadalligi — 14,2%ga oshgan
    • Faol subyektlar soni boʻyicha komponent — 0,4%ga oshgan
    • Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish faolligi — 15,0%ga pasaygan
    • 2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda oʻtgan oyga nisbatan oʻsishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 %), Navoiy (45,5 %), Andijon (38,3 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (36,7 %) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan.