Tashrif davomida Markaz vakillari oʻquv jarayonini tashkil etish va aviadispetcherlarni oʻqitishning ilgʻor usullari bilan yaqindan tanishdi.
Real vaqt rejimida havodagi harakatni boshqarishning murakkab ssenariylarini simulyatsiya qilish imkonini beruvchi 3D minora cimulyatoriga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu innovatsion vosita mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishda muhim oʻrin tutadi.
Uchrashuv natijasida hamkorlik memorandumi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
Maʼlumot uchun: “GANS” — aviadispetcherlar va aeronavigatsiya mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikni taʼminlovchi yetakchi oʻquv markazidir.