Bu yil esa bu shirin tashvishni bartaraf etish nasib etadimi, yo'qmi vaqt ko'rsatadi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning «avlodlar falokati» to'g'risidagi fikrlarini inobatga olgan davlatlar maktablar faoliyatini yo'lga qo'yishlari mumkin. Zero, Guterrish maktablarda darslarni xavfsiz tarzda qayta tiklash «eng muhim vazifa» bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

SHuningdek, Bosh kotibning aytishicha, hozir biz avlodlarni "yo'qotish" xavfi bilan yuzma-yuz turibmiz, bu behisob insoniy potentsialni puchga chiqarishi, o'nlab yillar davom etgan taraqqiyotga putur etkazishi va tengsizlikni kuchaytirishi mumkin.

Uning so'zlariga ko'ra, dunyoning qariyb 160 mamlakatida maktablarning yopilgani 1 milliarddan ortiq o'quvchilar hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.