Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan “Ustozlarga ehtirom” nomli uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda kadastr sohasiga umrini bagʻishlagan ustozlarga ehtirom koʻrsatildi.
Soʻzga chiqqanlar ustozlarini, ularning oʻgitlarini yodga olishdi. Shogirdlar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Soʻngra bir piyola choy ustida qizgʻin gurung davom ettirildi.