150 ming aholiga ega Kerns shahri suv toshqini oqibatida suv ostida qolgan.
Aholi punktlarida olti soat ichida 300 millimetr, 19 soat ichida 650 millimetr yog'ingarchilik kuzatilgan.
Jami 300 kishi qutqarildi. Qutqaruvchilar shahar bog'ida suv oqimi olib ketgan timsohni ham tutishga muvaffaq bo'lishdi.
Aeroport va yo'llar suv ostida qolgan. 15 mingga yaqin shahar aholisi elektr energiyasidan mahrum bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.