IEEE Spectrumning xabar berishicha, CL1 deb nomlangan qurilma tirik odam neyronlarini kremniy chipi bilan birlashtirib, hujayralarga ma'lumotni real vaqtda millisoniyalik kechikish bilan elektr impulslari orqali o'rganish, moslashtirish va qayta ishlash imkonini beradi.
Qurilma nevrologiya, biotexnologiya va kasalliklarni modellashtirish bo'yicha tadqiqotlar uchun mo'ljallangan. U teri hujayralaridan yoki kattalar donorlarining qonidan o'stirilgan 800 000 tirik neyronni o'z ichiga oladi. Oziq moddalar bilan ta'minlaydigan, haroratni tartibga soluvchi, suyuqliklarni tozalaydigan va chiqindilarni filtrlaydigan o'rnatilgan hayotni ta'minlash tizimi tufayli hujayralar olti oygacha tirik holatda saqlanib qoladi. Kompaniyaning bosh ilmiy xodimi Brett Kaganning so'zlariga ko'ra, CL1 elektr impulslari ko'rinishidagi signallarni kiritish va hujayralarning javob reaksiyalarini kuzatish imkonini beradi, bu esa tajribalar uchun yopiq muhitni yaratishga imkon beradi – dori vositalarni tekshirishdan miyani tadqiq etishgacha.
CL1 mashhur DishBrain prototipining “vorisi” bo'lib, u 2021-yilda stol tennisi o'ynashga o'rgatilgan. Sinovlarda uning neyronlari o'rganish tezligi va samaradorligi bo'yicha sun'iy intellektning ba'zi algoritmlarini ortda qoldirdi.
Uzoq muddatda kompaniya energiya tejaydigan, o'zini o'zi boshqaradigan va barqaror bo'lib qolgan holda, ma'lum vazifalarni bajarishda tabiiy odam miyasidan ustun bo'lishi mumkin bo'lgan biomuhandislik intellektini ishlab chiqmoqchi.
Hozirda Cortical Labs jamoasi 22 kishidan iborat. Startapga Avstraliya, Gonkong va AQShdan 11 million dollardan ortiq sarmoya jalb qilingan.
Kompaniya qurilmadan foydalanish sohalarini cheklamasa-da, xaridorlar tegishli laboratoriya sharoitlari va odam hujayralari bilan ishlash uchun etika nuqtai nazaridan ruxsatga ega bo'lishi kerak. “Bu garajingizdan ishga tushiriladigan narsa emas”, deb ta'kidladi Kogan.
Dastlabki 115 ta CL1 qurilmalari shu yozda har biri 35 000 dollardan sotuvga chiqariladi, deb xabar beradi korrespondent.net.








