Viktoriya shtati bosh vaziri shtat aholisining 70 foizi emlangani bois 22-oktyabr, juma kuni kuchaytirilgan cheklovlar olib tashlanishini eʼlon qildi.

Melburnda komendantlik soati, uydan chiqishga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilinadi va emlangan odamlar yigʻilishlarga borishi, qarindoshlarini ziyorat qilishi mumkin boʻladi. Oʻquvchilar maktabga qaytadi.

Biroq, Melburn aholisi karantin choralari yengillashganiga qaramay, boshqa hududlarga bora olmaydi. Rasmiylar shtat aholisining 80 foizi emlanganidan keyin olib tashlamoqchi boʻlgan boshqa qator cheklovlar ham oʻz kuchida qoladi.

Qayd etilishicha, 2020-yil mart oyidan boshlab, koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakat dunyodagi eng qatʼiy cheklov qoidalarini yoʻlga qoʻygan va Melburn dunyodagi eng uzoq vaqt davom etgan lokdaun boʻyicha rekordni yangilagan.