Bu an'anaviy batareyalarga nisbatan uning xavfsizroq va ekologik toza muqobil bo'lishi mumkin.
“Suv batareyalari” suvli metall-ionli batareyalardir. Unda elektrolitik suyuqlik sifatida oz miqdorda tuzli suv ishlatiladi.
Bunday batareyalardan foydalanishga asosiy to'siq – dendritlarning shakllanishi bilan bog'liq qisqa tutashuvlar xavfi. Dendritlar akkumulyator ichidagi metall anodda hosil bo'lgan va boshqa bo'lmalarga cho'zilgan mayda metall tuzilmalarni anglatadi.
Yangi ishlanma mualliflari dendritlarning o'sishini oldini olish yo'lini topishdi. Buning uchun ular akkumulyatorning rux anodini metall vismut bilan qoplashdi, u oksidlanib zang hosil qiladi. Bu himoya qatlamini yaratishga yordam berdi.
Yaxshilangan akkumulyator 500 tsikldan so'ng o'z quvvatining 85 foizdan ko'prog'ini saqlab qolgan holda boshqa turdagi batareyalarga qaraganda uzoqroq xizmat qila oldi. Olimlar uning tanga o'lchamdagi muqobillarini, shuningdek silindrsimon batareyalarni ishlab chiqishdi.
Jamoa hozirda akkumulyatorning samaradorligini oshirish ustida ishlamoqda, shunda u litiy-ionli batareyalarga munosib muqobil bo'lishi mumkin. Muhimi, batareyalarni xavfsiz tarzda qismlarga ajratish va keyin qayta ishlatish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.