Avstraliyada kichik samolyot daryoga qulab tushdi

    Avstraliya shimolida kichik samolyot qulab tushdi va uchuvchi halok bo'ldi.

    Bu haqda Shimoliy hudud politsiyasiga tayanib, NT News gazetasi xabar bermoqda.

    Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko'ra, halokat 12-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:20 atrofida yuz bergan. Samolyot Darvindan 60 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Midl-Poynt qishlog'ida joylashgan to'g'onga qulab tushgan. Samolyot bortida 63 yoshli uchuvchi va 29 yoshli yo'lovchi bo'lgan. Yo'lovchiga zarar yetmadi.

    Politsiyaning ta'kidlashicha, samolyot ko'plab timsohlar yashaydigan to'g'onga olib boruvchi suv yo'llaridan biriga qulab tushgan. Qutqaruvchilar halokatga uchragan samolyotdan avvaliga “jarohatlanmagan yo'lovchini, keyin esa uchuvchining jasadini” chiqarib olishdi, deb xabar beradi report.az.