Avstraliyada o'smir bola akula hujumiga uchrab, halok bo'ldi

    Avstraliyadagi mashhur sayyohlik plyajida akula hujumi oqibatida o'smir bola halok bo'ldi.

    Voqea Janubiy Avstraliyadagi York yarimorolidagi mashhur syorfing va sayyohlik markazida sodir bo'lgan.

    Qayd etilishicha, mahalliy politsiyaga og'ir tan jarohati olgan shaxs haqida xabar kelib tushgan, u suvdan chiqarib olingan, biroq o'smirning hayotdan ko'z yumgani ma'lum bo'ldi.

    Bu so'nggi oylarda Janubiy Avstraliyada akulalar tomonidan sodir etilgan birinchi hujum emas, deb xabar beradi ria.ru.