Avstraliyada rekord darajadagi qor yog'di

    Avstraliyaning sharqiy qismidagi bir nechta shaharlar so'nggi o'n yilliklardagi eng qalin qor qatlami bilan qoplandi.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

    Qayd etilganidek, o'tgan dam olish kunlari Yangi Janubiy Uels shtatida sovuq havo oqimi tufayli 40 santimetrgacha qor yog'di. Avstraliya ob-havo byurosi meteorologi Miriam Bredberining so'zlariga ko'ra, bu miqdor 1980-yillarning o'rtalaridan beri pasaymagan.

    Materialda aytilishicha, ob-havo anomaliyasi, shuningdek, suv toshqini, transport bilan bog'liq muammolarni va minglab uylarda elektr ta'minotining uzilishiga olib keldi, deb xabar berdi report.az.