Samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan 08:50 da Brisbendan 350 kilometr janubi-g'arbda joylashgan Lilideyl hududida qulab tushgan. Hodisaga samolyotning elektr simi bilan to'qnashishi sabab bo'lgan. “Hodisa joyida politsiya xodimlari, shuningdek, davlat tez tibbiy yordam va favqulodda xizmatlar brigadalari ishlamoqda. Samolyot bortidagi ikki kishi halok bo'lgan”, dedi politsiya.
Huquq-tartibot idoralari halok bo'lganlarning shaxsi va voqea holatlari haqida ma'lumot bermadi, biroq qayd etilishicha, hodisa sabablarini o'rganishga aviatsiya xavfsizligi davlat boshqarmasi xodimlari jalb etiladi, deb xabar beradi tass.ru.