Avstraliyada vertolyot mehmonxona binosiga borib urildi

    Avstraliyaning Kerns shahrida (Kvinslend shtati) vertolyotning mehmonxona binosiga borib urilishi oqibatida kamida ikki kishi jarohat oldi.

    Bu haqda AVC telekanali xabar bermoqda.

    Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, binoda bo'lgan ikki kishi yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi, ularning ahvoli barqaror. Qolgan mehmonlar evakuatsiya qilindi va yaqin atrofdagi mehmonxonaga joylashtirildi. Vertolyotdagi odamlar soni va ularning ahvoli noma'lum.

    Guvohlarning so'zlariga ko'ra, to'qnashuvdan keyin portlash sodir bo'ldi. Vertolyot qoldiqlarining bir qismi mehmonxona suzish havzasiga tushib ketdi. Kvinslend tez yordam xizmatining ma'lum qilishicha, yerda jarohat olganlar yo'q.

    Hodisa sabablari haqida ma'lumot berilmadi. Avstraliya transport xavfsizligi byurosi voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi report.az.