Avstraliyaga to'fon yopirildi, bir kishi halok bo'ldi

    Avstraliyaning Kvinslend shtatiga to'fon yopirilishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi va 100 mingdan ortiq uy elektr ta'minotidan uzildi, deb xabar berdi 9News telekanali.

    “Shamol ta'sirida daraxtlarning ag'anab tushishi oqibatida hozirda 123 000 ga yaqin uy elektrsiz qolmoqda. Bir ayol ustiga daraxt ag'anab tushishi oqibatida halok bo'ldi”, — deyiladi telekanal bayonotida.

    Kvinslend bosh vaziri Stiven Maylz shtatga yopirilgan to'fonni “misli ko'rilmagan” deb ta'rifladi.

    “Biz beton ustunlarning qulab tushishiga olib kelgan kuchli to'fonga birinchi bor guvoh bo'yapmiz,”, dedi Maylz.

    Mahalliy ma'muriyatning ta'kidlashicha, elektr energiyasini tiklash va zararni bartaraf etish uchun bir necha kun kerak bo'ladi, deb xabar beradi ria.ru.