Bu haqda ORF portali ma'lum qildi.
Beshinchi qurbon 81 yoshli ayol bo'lib, u suv bosgan uyida halok bo'ldi. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, jasad seshanba kuni topildi, shanba kuni o't o'chiruvchilar ayolni evakuatsiya qilishga chaqirgan edi.
Tabiiy ofatdan eng ko'p Chexiya va Slovakiya bilan chegaradosh Quyi Avstriya federal yeri jabr ko'rdi. Yuzlab odamlar uylarini tark etishga majbur bo'ldi.
“Boris” sikloni bir necha kun avval Yevropaga yetib keldi va o'zi bilan kuchli yog'ingarchilik keltirib chiqardi. Alp tog'larida kuchli yog'ingarchilik tufayli bir qancha daryolarda, jumladan, Dunayda suv sathi ko'tarildi. Suv toshqinidan Markaziy Yevropaning bir qancha mamlakatlari aholisi jabar ko'rdi, deb xabar beradi report.az.