Avstriyada tinimsiz yog'ayotgan yomg'ir tufayli minglab qaldirg'ochlar nobud bo'ldi

    Avstriyada tinimsiz yomg'ir yog'ishi tufayli minglab qaldirg'ochlar nobud bo'ldi, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi.

    Qishlash joylariga uchib ketayotgan ko'chmanchi qushlarni tinimsiz yomg'ir ozuqasiz qoldirdi. Namlikning oshishi tufayli qishlash joylariga uchish paytida havoda deyarli hech qanday hasharotlar qolmadi, qushlar esa ular bilan oziqlanardi.

    Sovuq ham ta'sir ko'rsatyapti, bu esa qushlarni yanada holdan toydiryapti. Oqibatda ular ommaviy ravishda nobud bo'la boshladi.

    Hayvonlar huquqlari faollari mahalliy aholini jarohatlangan qushlarni qutilarga yig'ib, qutqaruv markazlariga olib kelishga chaqirdi. Faollar, shuningdek, holdan toygan qushlarni boqish uchun aholidan xayriya yordami so'rashmoqda, deb xabar beradi ren.tv.