2023 yil 06 dekabr kuni soat 23:30larda, Andijon shahri Y.Otabekova ko'chasida, 1965 yilda tug'ilgan, fuqaro B.R. “Alpomish merosi” MChJga qarashli, avtobus transport vositasini mast holatda boshqarib, uxlab qolish natijasida boshqaruvni yo'qotib yo'lning qatnov qismidan chiqib ketib, binoga borib urilgan

Ushbu yo'l-transport hodisasi oqibatida haydovchi hech qanday tan jarohati olmagan, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko'rilganligini ma'lum qilamiz, deya xabar bermoqda Andijon viloyati YHXB axborot xizmati.