Avtobus haydovchisi manyovr sodir etdi

    Xavfsizlik 29 Iyul 2020 1706

    Poytaxtimizning Olmazor tumanida avtobus va yuk transporti ishtirokidagi YTH sodir etildi.

    Internet tarmogʻida Olmazor tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi haqida xabarlar tarqamoqda. Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

    28-iyul soat 11.00 da Toshkent halqa avtomobil yoʻlida 18-avtoparkka tegishli “ISUZU” rusumli avtobus haydovchisi 30 yoshli Rahimjon yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat (manyovr) sodir etgan. Yaqin atrofda harakatlanib borgan “Zil-131” rusumli yuk avtomobili haydovchisi 28 yoshli Murodjon favqulodda toʻxtash uchun barcha choralarni koʻrishiga qaramasdan, avtobusning yon tomoniga toʻqnashishi natijasida avtobus agʻdarilib ketgan.

    YTH sababli hech kim jabrlanmadi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.