Avtobus toʻxtaydigan 5 mingta oraliq bekat belgisi bor, lekin bekatning oʻzi yoʻq

    Ijtimoiy hayot 26 Yanvar 2021 1147

    Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Avtomobil va daryo tarsnportini rivojlantirish departamenti rahbari Ruslan Roʻzmetov maʼlum qildi:

    «Transport infratuzilmasi asosan avtostansiyalar, oxirgi toʻxtash bekatlari va oraliq bekatlardan iborat. Bu yoʻnalish boʻyicha respublikai kesimida jami oraliq bekatlar xatlovdan oʻtkazildi. Toshkent shahridan tashqari 13130 ta oraliq bekatdan 4 mingdan ortigʻi taʼmirtalab.

    5 mingta oraliq bekat belgisi bor, avtobus toʻxtaydi, lekin bekatning oʻzi yoʻq, shu kabi holatlar ham xatlovdan oʻtkazildi»