Avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan toʻsatdan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi

    Xavfsizlik 21 Noyabr 2023 955

    47 yoshli erkak avtobusning oʻng tomon oʻrta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.

    20-noyabr kuni Toshkent shahrida 82-sonli avtobus va fuqaro ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

    Soat 17:37 larda “8-avtobus saroyi” filialiga qarashli 82-sonli Yutong CNG avtobusi yoʻlning belgilanmagan qismidan toʻsatdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaroni urib yuborgan.

    Holat avtobus Olmazor tumani Gulsaroy koʻchasidan harakatlanib kelib Qorasaroy koʻchasiga qayrilib olish vaqtida sodir boʻlgan.

    47 yoshli erkak avtobusning oʻng tomon oʻrta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.

    Yoʻl-transport hodisasi poytaxt YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.