Avtobusda yosh bolaga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan erkak ushlandi

    Ijtimoiy hayot 8 Fevral 2025 1406

    Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda yosh bolaga nisbatan uyatsiz harakatlar qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 4-fevral kuni Toshkent shahridagi yoʻlovchi tashuvchi avtobusda fuqaro X.Gʻ (1988-yilda tugʻilgan erkak) mast holda boʻlib, voyaga yetmagan U.I (2012-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) ga jinsiy tegajogʻlik va bolaning shaʼniga zid boshqa noqonuniy harakatlar qilgan.

    Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratiga olinib, Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchi X.Gʻ protsessual tartibda ushlandi.

    Hozirda fuqaro X.Gʻ ga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyasiz-buzuq harakatlar qilish“) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.