Avtobuslar dam olish kunlari yangicha jadvalda qatnaydi

    Transport 29 Dekabr 2021 1513

    Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlari yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan poytaxtimiz jamoat transporti yoʻnalish jadvaliga bir qator oʻzgartish kiritildi.

    Demak, bayram kunlari Toshkent shahrida avtobus yoʻnalishlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

    2021-yil 31-dekabr dam olish kuni. Avtobuslar shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

    2022-yil 1-yanvar dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda avtobuslarning ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;

    2022-yil 2, 3 va 4-yanvar dam olish kunlari. Avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar boʻyicha harakatlanadi;

    2022-yil 8-yanvar shanba, ish kuni. Avtobuslar ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar boʻyicha harakatini davom ettiradi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati «Toshshahartransxizmat» AJ maʼlumotiga tayanib.