Avtobuslar ishtirokidagi YTH koʻpayishi ortidan 5 masʼul ishdan olindi

    “Toshshahartransxizmat” AJ masʼullari ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkaziildi, deya xabar beradi AJ matbuot xizmati.

    Unda avtobuslar bilan sodir boʻlayotgan texnik nosozliklar, tutash holatlari va yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

    Bunda avtobuslarning texnik holatiga masʼul boʻlgan, ularning yoʻnalishga chiqish oldi texnik koʻrigini talab darajasida bajarmay, oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga keskin chora koʻrilib, 5 nafar masʼul xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

    Shuningdek, yuqorida sanab oʻtilgan favqulodda holatlarni oldini olish choralarini koʻrish, avtobuslarning texnik holatini birma-bir tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha 8 ta avtobus saroylari masʼul xodimlariga topshiriqlar berilib, xodimlarning masʼuliyati yanada kuchaytirildi.