Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Sanjar Turgʻunovning soʻzlariga koʻra, hozirda ortiqcha yuk uchun qoʻshimcha toʻlovlarni elektron tizim orqali amalga oshirish mexanizmi ustida ish olib borilmoqda.
"Ushbu tizim joriy etilgach, yoʻlovchilar Atto kartalar yoki bank kartalari orqali ortiqcha yuk uchun ham toʻlov qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Yangi tizim yaqin kunlarda ishga tushiriladi", — deydi u.
Biroq ortiqcha yuk uchun qoʻshimcha toʻlovlarni Atto kartalari orqali amalga oshirish mexanizmi hozircha yoʻlga qoʻyilmagan.