Joriy yil 29-may kuni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida avtohalokatga uchrab, ogʻir tan jarohati oladi. Rostov viloyati Bataysk shahri shifoxonasiga yotqiziladi.
Fuqaro bugun, 19-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan tibbiyot xodimi nazorati ostida Rostov-Don – Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga olib kelindi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati.
Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi maʼsul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib oldi.
Fuqaroni tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish, davolash muolajalarini davom ettirish maqsadida tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qoʻyildi.