Avtokredit stavkasini arzonlashtirish yoʻli aytildi

    Xizmatlar koʻlamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil boʻlib, 4 ming odamni ishli qilish taklifi bilan chiqqan.

    Buning hisobiga yangi zamonaviy taksilar koʻpayadi. Bunday loyihalarga banklar 1 trillion soʻm kredit ajratishga tayyor.

    Koʻplab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul toʻliq toʻlansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga koʻra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

    Bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligi taʼkidlandi.

    Umuman, bu yil transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trillion soʻmga, eksportini 2,2 milliard dollarga olib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.