Avtomaktablar uchun litsenziya endilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi

    Transport 7 Fevral 2023 1721

    Ilgari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan.

    Prezident tomonidan 06.02.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-816-son Qonun imzolandi.

    Qonunga muvofiq, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi (ilgari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi). Litsenziya olish uchun davlat boji BHMning 10 baravarini tashkil etadi.

    Shuningdek, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani qabul qilivchi organ etib belgilanmoqda.

    Hujjat 05.05.2023-yildan kuchga kiradi.